воскресенье, 13 января 2013 г.

Hindiston haqida ajoyib ma’lumotlar (1)


Ijtimoiy-siyosiy:

Karnataka shtatining bayrog'i
         Hindistonning har bir shtati o’zining ramzlari: bayroq, gerb va madhiyasiga ega. Odatda rasmiy yig’ilishlar va tadbirlar shtat madhiyasi bilan boshlanib, davlat madhiyasi bilan tamomlanadi, yoki aksincha. 


Hindistonning til xaritasi


        Mamlakatda minglab mahalliy tillar bo’lib, har bir shtat o’zining rasmiy tiliga ega. Hindiston konstitutsiyasining 343(1)-moddasiga ko’ra, umumiy  rasmiy tillar standart hind tili va ingliz tillaridir. Lekin ushbu qonunning 344(1) va 351-moddalariga ko’ra boshqa shtat va unionlarning rasmiy tillari ham davlat tillari sifatida qabul qilingan. Demak, Hindistonda jami 23 ta, ingliz va 22 ta mahalliy tillar davlatning rasmiy tillari hisoblanadi.


Hind banknotalari


        Hindistonning har bir banknotasida,  5 rupiyadan tortib 1000 rupiyagacha “Millat otasi” Mahatma Gandining surati tushirilgan.

Hindiston fuqarolik pasporti

        Davlatda fuqarolik pasportini olish majburiy emas. Odatda horijga chiquvchilar yoki rasmiy hodimlar passport olish uchun hujjat topshiradilar xolos. Aytishlaricha, passport olish ham oson ish emas! Fuqarolikni tasdiqlashda turli xil hujjatlar mavjud. Masalan, maktab va kollej (universitet) talabalarining guvohnomalari ularning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir. Bank hisob raqamlarini ham shular orqali ochsa bo’ladi. Telefon nomer olishda va boshqa hujjat talab qilinadigan joylarda haydovchilik guvohnomasi bilan ham ishni bitkazsa bo’ladi.

Turli milliy-diniy festivallar
          Hindistonda hozirgacha kastachilik saqlanib qolgan. Davlat konstitutsiyasida fuqarolar millati, irqi, dini, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi va kastasiga qaramay ularning teng huquqliligi belgilangan. Lekin haligacha ko’plab hujjat va anketalarda shaxsning kastasi va dini ko’rsatiladi.

         Bu mamlakat bayramlarga boy bo’lib milliy va rasmiy bayramlardan tashqari ko’plab diniy festivallar ham dam olish kuni sifatida begilangan. Bunga asosiy sabab aholi tarkibida hindulardan tashqari muslim, xristian va buddistlarning ham soni millionlarni tashkil etishidir. (Bular haqida nasib qilsa keyingi postlardan birida to’liq ma’lumot beraman)

1 комментарий: